Главная » Статьи » Мои статьи

Statuslar

Kimda alam, kimda dard, Kim baxtidan shodlanar. Ahir, hayot hamisha, Yig‘i bilan boshlanar. Nurday yorug‘ jamoling, Mendan ayro hayoling, Ba’zan behis savoling, Tinglab, dilim g‘ashlanar. Qo‘l tutdim, ko‘ngil berib, Ishqingga bag‘rim kerib, Oqibat marjon terib, Qaroqlarim yoshlanar. Sensiz yurak bezovtam O‘ksinar alam torta. G‘amlarin yuta-yuta, Tuyg‘ularga tashlanar. Beshafqat dunyo azal, Dardlardan bunyod g‘azal, Oshiqlar har dam go‘zal, Muhabbatga tashnalar. Kimda alam, kimda dard, Kim baxtidan shodlanar. Ahir, hayot hamisha, Yig‘i bilan boshlanar…

Категория: Мои статьи | Добавил: Gr_GaRMoNiYa (11.03.2014) | Автор: Statuslar
Просмотров: 135 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar